Texnik qo'llab-quvvatlash: +99871 207-87-00

Texnik qo'llab-quvvatlash: +99871 207-87-00

Yangiliklar

BAYRAM TABRIGI

2023-08-07

Qadrli hamkasblar! 

Barchamiz muhtaram Yurtboshimizning mamlakatimiz temiryo‘lchilariga yo‘llagan tabrigini katta hayajon va mamnuniyat bilan tingladik, o‘qidik. Tabrikdagi so‘zlar sohaning katta-kichik xodimida olam-olam iftixor, o‘z kasbidan faxr tuyg‘ularini junbishga keltirishi muqarrar. 

Hurmatli Prezidentimizning ayniqsa: “Yangi O‘zbekistonni – jadal rivojlanib, dunyoga yuz tutayotgan davlat va jamiyatni barpo etishda siz, azizlarning o‘rningiz va hissangiz beqiyos ekanini barchamiz minnatdorlik bilan e’tirof etamiz”, – degan samimiy so‘zlari barchamizning ko‘nglimizni tog‘dek ko‘tardi. 

Chindan ham, azal-azaldan olis masofalarni bog‘lovchi o‘ziga xos ko‘prik bo‘lgan temir yo‘l tizimi orqali bugun tom ma’noda davlatlar bir-biri bilan amaliy munosabatga kirishmoqda, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-siyosiy jihatdan o‘z imkoniyatlarini oshirib, xalq farovonligini ta’minlamoqda. Shu ma’noda, bugungi davrda temir yo‘llarimiz kabi qulay, xavfsiz va ishonchli tarmoqni topish mushkul.   

Ha, ozod va obod Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiy etishida temir yo‘l tizimining ahamiyati nihoyatda beqiyos. Ko‘p millatli temiryo‘lchilar jamoasining samarali va mashaqqatli mehnati evaziga ortda qolgan yillar davomida tarmoqni har tomonlama takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlarini alohida e’tirof etsak arziydi.

Shu munosabat bilan, biz ham jonajon diyorimiz temir yo‘llari tizimida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislar, mashinist va vagon kuzatuvchilari, soha faxriylarini, bir so‘z bilan aytganda, samarali mehnati bilan yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha temiryo‘lchilarimizni bayram bilan chin dildan tabriklaymiz.

Fidoyi temiryo‘lchilar!

Sizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan Transport vazirligi jamoasi nomidan muborakbod etaman. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan halol va sharafli mehnatingiz rohatini ko‘rib yuring! Oilangiz tinch, yo‘llaringiz hamisha bexatar bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom bilan, 
I.Maxkamov O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri.

O'xshash yangililar

  • Mijozlarga xizmat ko'rsatish tizimidagi o'zgarishlar 2019 yil 20 oktyabr

  • Информация об обновлении автопарка Автовокзала

  • 21-oktyabr Ozbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

  • 25- oktyabr "Avtomobilchilar kuni"

  • 8-декабрь - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

  • 27- декабр

  • Навруз-2021

  • ТАДБИРКОРЛАР ДИККАТИГА!!

  • Темир йўл транспорти соҳаси ходимларига

  • Jamoat transporti orqali jami 131,3 milliondan ziyod qatnov amalga oshirildi

  • Bugun, 7-avgust kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlari bilan uchrashdi.

  • Joriy yilning birinchi yarmida Samarqand xalqaro aeroporti 439 664 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

  • “Uzbekistan Airports” AJ ga yangi rahbar tayinlandi

  • Transport vaziri ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshlar bilan uchrashdi

  • Bokuda “O'zbekiston va Ozarbayjon: hamkorlikning yangi istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

  • Yil yakuniga qadar Xorazmga 100 ta yangi avtobus olib kelinadi

  • Transport va logistika infratuzilmalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rganish olib borilmoqda

  • Toshkent temir yo‘l texnikumida qabul jarayoni boshlandi

  • Transkaspiy transport yo’lagi orqali yuk tashuvlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

  • Toshkentda (https://telegra.ph/file/c6070cc4e61bcc5affe96.jpg) avtomobil transportiga bag'ishlangan konferensiya bo'lib o'tadi

  • Hududlarda avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi joriy etiladi

  • "IndiGo", "LOT Polish Airlines", "Malindo Airways" aviakompaniyalari muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruhsatnoma oldi

  • Qirg‘izistonda hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 10-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

  • Toshkentda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar Slovakiya OAV diqqat markazida

  • Cholpon-Otada Qirg'iziston Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha Qo'shma hukumatlararo komissiyaning 10-yig'ilishi bo'lib o'tdi

  • Транспорт, энергетика ва саноат лойиҳалари тақдимот қилинди

  • Avtobuslarda yo'lovchilarni kechasi tashishga ruxsat beriladi

  • Yangi transport-tranzit koridori loyihasi muhokama qilindi

  • Pekinda Barqaror transport bo'yicha global forum o‘z ishini boshladi

  • Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

  • Transafg‘on yo‘lagi orqali multimodal tashuvlar rivojlantiriladi

  • #Yashil_makon

Yangiliklar

Barcha yangiliklar
  • 2023-11-30

    #Yashil_makon

    Batafsil
  • 2023-11-15

    Transafg‘on yo‘lagi orqali multimodal tashuvlar rivojlantiriladi

    Batafsil
  • 2023-10-10

    Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

    Batafsil