Kompaniya aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining tegishli qaroriga ko‘ra “Uzbekistan airports” AJ boshqaruv raisi Rano Djurayeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Ikki yarim yillik rahbarlik faoliyati davomida Rano Djurayeva kompaniyada katta o‘zgarishlarni amalga oshirishga erishdi.
Xususan, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, kompaniya boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda moliyaviy–iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlari o‘zining ijobiy natijasini berdi.
Umarxodjayev Javlonbek Oybekovich “Uzbekistan Airports” AJning boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.