2023-08-17
11- avgust kuni Transport vazirligi huzuridagi transport va logistika muammolarini o‘rganish markazi mutaxassislari tomonidan Toshkent va Sergeli logistika markazlarida joylashgan konteyner terminallarining infratuzilma holati va ularning ishlash qobiliyatlarini oshirish imkoniyatlari o‘rganildi.
Tashrif davomida bugungi kunda logistika sohasidagi mavjud muammolar va mamlakatimizda transport logistika infratuzilmasini rivojlantirish mexanizmlari yuzasidan terminal rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.