2023-08-17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, xorijiy davlatlarning ilg’or tajribasi o’rganilmoqda. Xusasan, Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig’i R. Babayev viloyatda yo’lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davomida Liaochang shahrida jamoat transporti xizmatini ko’rsatuvchi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.