#Yashil_makon
Transport vazirligi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 60 gektar hududda bog‘ barpo etmoqda
Daraxt ekib, bog‘ yaratish xalqimizga xos milliy qadriyatlardan biridir. Bugungi kunda ushbu an’ana milliy harakatga aylanib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “kuzgi daraxt ekish mavsumi”da ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
Mazkur jarayonda Transport vazirligi va uning tizim tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etib, yashil maydonlarni kengaytirishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda.
Jumladan, Transport vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani "Xojikent" sihatgohi yuqori tog‘ qismi hududida 60 gektar yer maydonida bog‘ barpo etish ishlari olib borilmoqda.